«2024-yilgi davlat dasturi» tegli maqolalar


Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
31 yanvar 2024, 19:12

Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Toshkent chetidagi hududlarni metro bekatlari bilan bog‘laydigan to‘rtta ekspress avtobus yo‘nalishi joriy etiladi. Piyoda va avtobuslar ustuvorligini ta’minlash maqsadida 8 ta transport yo‘lagi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezidentning 2024-yilgi Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori loyihasida aytilgan.

“Tashabbusli budjet”da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja
31 yanvar 2024, 16:49

“Tashabbusli budjet”da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar roziligi bilan foydalanishga topshirish belgilanmoqda. Shuningdek, 1-martdan “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda 1-martdan aholini havo ifloslanganda xabardor qilish boshlanishi mumkin
31 yanvar 2024, 15:56

O‘zbekistonda 1-martdan aholini havo ifloslanganda xabardor qilish boshlanishi mumkin

O‘zbekistonda 1-martdan chang bo‘roni va havo ifloslangan vaqtda aholini profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qumning havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda
31 yanvar 2024, 15:52

O‘zbekistonda 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda

O‘zbekistondagi mahalliy avtomobilsozlik korxonalari tomonidan 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarishga erishish va ADM Jizzakh korxonasi negizida Koreyaning KIA brendi ostida avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda. Bu 2024-yilga oid davlat dasturiga kiritilgan.

Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin
31 yanvar 2024, 13:08

Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda
31 yanvar 2024, 13:00

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lishi, bunda rahbarlar jamoat transportida yurish orqali namuna ko‘rsatishi belgilandi. 2020-yilda ham rahbarlarga haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmasdan ishga kelib-ketish tavsiya etilgan.

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi
31 yanvar 2024, 12:39

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Loyihalar 9-fevralga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting